Page 6 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 6

KIRISH



               Raqamli dunyoda ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish uchun innovatsion
               texnologiyalarning  o‘rni  kundan-kunga  ortib  bormoqda.  Zamonaviy  ta’lim

               jarayonlarining  jadal  rivojlanishi  raqamli  texnologiyalar  bilan  uzviy  bog‘liq
               bo‘lib, bu texnologiyalar ta’limning sifatli va interfaol bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

               XXI  asrda  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarining  har  tomonlama
               integratsiyalashuvi  ta’lim  oluvchilarning  o‘quv  jarayonlarini  qiziqarli,

               mazmunli, interfaol va samarali tashkil qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
               Chunki  raqamli  ta’lim  texnologiyalari  nafaqat  ta’lim  oluvchilar,  balki  ta’lim

               beruvchilarga ham dars sifatini oshirish uchun ko‘plab zamonaviy pedagogik
               dasturiy vositalardan foydalanish taklifini bermoqda.


               Shuningdek, raqamli texnologiyalar orqali ta’lim jarayonini moslashuvchan va

               individual yondashuvga ega qilish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Masalan, sun’iy
               intellekt va moslashuvchan o‘qitish platformalari yordamida o‘quvchilarning
               shaxsiy  xususiyatlari  va  bilim  darajasiga  mos  o‘quv  kontentlarini  yaratish

               mumkin. Bu esa o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirib, ularning o‘quv

               jarayonida yanada faolroq bo‘lishlarini ta’minlaydi. Bundan tashqari, raqamli
               muhitda ta’lim olish orqali o‘quvchilar global bilimlarni va xalqaro miqyosdagi
               tengdoshlari  bilan  tajriba  almashish  imkoniyatiga  ega  bo‘lmoqda.  Bu  esa

               ularning kelajakda xalqaro raqobatbardoshlik darajasini oshiradi.





































            4 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11