Page 11 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 11
O‘zbekiston Respublikasi ham 2018-yilda PISA xalqaro baholash dasturiga
qo‘shilgan bo‘lib, 2022-yilda ilk marta ushbu dasturda ishtirok etadi. Dastlabki
ishtirokda O‘zbekiston, 15 yoshli o‘quvchilarning matematika, o‘qish va tabiiy
fanlar bo‘yicha quyidagi natijalarni ko‘rsatadi.
Umumiy ko‘rsatkich
300 350 400 450 500
Ishtirokchilarning Ishtirokchi O‘zbekistonning
Yo‘nalishlar O‘rtacha ball
o‘rtacha ko‘rsatkichi mamlakatlar soni o‘rni
Matematik
364 364 81 72
savodxonlik
O‘qish
savodxonligi 336 472 81 80
Tabiiy-ilmiy
savodxonlik 355 485 81 80
Ushbu natijalardan kelib chiqib, O‘zbekistonning ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, jumladan, ta’lim sifatini oshirish va xalqaro standartlarga
moslashtirish uchun tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Umuman olganda, PISA ta’lim jarayonida yodlashdan ko‘ra tushunish va
muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhimligini ko‘rsatib
beradi. Shu bilan birga, PISA tadqiqotlari ta’lim tizimlarining samaradorligini
taqqoslash natijalari asosida davlatlar o‘z ta’lim tizimini boshqa mamlakatlar
bilan solishtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, PISA natijalari ta’lim
tizimidagi kuchli va zaif jihatlarni aniqlashga yordam beradi hamda mamlakatlar
tomonidan kelajakdagi strategik islohotlarni amalga oshirishga yordam beradi.
I Bob. PISA 2025 | 9