Page 14 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 14

PISA BAHOLASH TIZIMI VA METODOLOGIYASI



               PISA  xalqaro  baholash  dasturi  2000-yildan  buyon  (COVID-19  pandemiyasi
               sababli 2021-yildan 2022-yilga ko‘chirilgan) har 3 yilda bir marotaba o‘tkazilib

               kelinmoqda. Lekin, 2025-yilgi baholashdan so‘ng, PISA har 4 yilda bir marta
               o‘tkaziladigan tartibga o‘tadi. PISA dasturining asosiy baholash yo‘nalishi har

               safar almashib turadi: matematika, tabiiy fanlar yoki o‘qish savodxonligi asosiy
               yo‘nalish  sifatida  navbatma-navbat  tanlanadi.  Shuningdek,  PISA  moliyaviy

               savodxonlik kabi qo‘shimcha yo‘nalishlarni ham taklif etadi va umumiy ta’lim
               ko‘nikmalarini, ya’ni hamma uchun zarur bo‘lgan majburiy ta’lim yakunidagi

               bilimlarni ham baholaydi. PISA dasturi Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot
               Tashkiloti (OECD)  tomonidan  muvofiqlashtiriladi.  Ushbu  baholash  AQShda

               Ta’lim  statistikasi  bo‘yicha  milliy  markaz  (National  Center  for  Education
               Statistics - NCES) tomonidan o‘tkaziladi.


               Dastlabki  yillarda  PISA  baholash  jarayoni  qog‘oz  shaklidagi  blankalar  orqali
               amalga  oshirilgan  bo‘lsa,  2015-yildan  boshlab,  asosan,  kompyuter  asosidagi

               baholashga  o‘tilgan.  Biroq  ba’zi  mamlakatlarda  infratuzilma  yetishmasligi

               sababli qog‘oz asosidagi sinovlar ham qo‘llaniladi. PISA dasturida baholash ikki
               soatlik testdan iborat bo‘lib, u ko‘p tanlovli savollar, qisqa javoblar va ochiq
               javobli  savollarni  o‘z  ichiga  oladi.  2018-yildan  boshlab  o‘qish  savodxonligi

               uchun ko‘p bosqichli moslashuvchan test joriy qilingan. Bu usulda o‘quvchining

               dastlabki  javoblari  asosida  testning  qiyinligi  moslashtiriladi  (masalan,  agar
               o‘quvchi oson savollarni yaxshi bajarsa, qiyinroq savollar kompyuter dasturi
               tomonidan avtomatik taqdim etiladi).






























          12 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish
   9   10   11   12   13   14   15   16   17   18   19