Page 15 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 15

Savollar xalqaro ekspertlar va PISA konsorsiumi tomonidan ishlab chiqiladi,
            shu  jumladan  ishtirokchi  mamlakatlarning  takliflari  hisobga  olinadi.  Har

            bir baholash davrida yangi savollar qo‘shiladi, lekin oldingi yillardan olingan
            “trend” savollari ham saqlanib qoladi, bu esa davlatlar o‘rtasidagi taqqoslashni

            osonlashtirishga xizmat qiladi. Savollar real hayotdagi vaziyatlarni aks
            ettiruvchi holatlarga asoslanadi va ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik masalalarni o‘z

            ichiga olishi mumkin.

























            PISA dasturida testdan tashqari, o‘quvchilar, ota-onalar va maktab direktorlari

            bilan 30-45 daqiqalik anketa to‘ldirish jarayoni amalga oshiriladi. Bu anketalar
            o‘quvchilarning oilaviy holati, maktab muhiti va motivatsiyasi haqida ma’lumot

            to‘plashga qaratilgan bo‘lib, mamlakatlarning ijtimoiy holatini ham natijalarda
            aks ettirishga yordam beradi.


            PISA baholash dasturida 15 yoshli o‘quvchilarni tanlashdan asosiy maqsad,
            ushbu yosh ko‘plab mamlakatlarda majburiy ta’limning oxiriga to‘g‘ri keladi.






























                                                                                        I Bob. PISA 2025  | 13
   10   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20