Page 20 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 20

Matematik  savodxonligi  —  bu  insonning  matematik  fikrlash  qobiliyati,
               shuningdek,  muammolarni  turli real  hayotiy kontekstlarda hal  qilish uchun

               matematikani  shakllantirish,  qo‘llash  va  talqin  qilish  qobiliyatidir.  Bu
               tushuncha konseptlar, protseduralar, faktlar va vositalarni o‘z ichiga oladi

               hamda hodisalarni tasvirlash, tushuntirish va prognoz qilish imkonini beradi.
               Matematik savodxonlik insonlarga matematikani dunyoda qanday rol o‘ynashini

               tushunish,  asosli  qarorlar  qabul  qilish  va  tanqidiy  fikrlash  qobiliyatiga  ega
               bo‘lgan faol XXI asr fuqarosi bo‘lishga yordam beradi.


                       REAL HAYOT KONTEKSTIDAGI MUAMMOLAR

                                                                                          Shaxsiy
                                                                           Kontekstlar    Kasbiy
                                                                                          Ijtimoiy
                                                                                          Ilmiy

                                                                           21-asr ko‘nikmalari

                                                                             Tanqidiy fikrlash
                                                                             Ijodkorlik
                                                                             Tadqiqot va so‘rovchanlik
                                                                             Mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik
                                                                             va qat'iyatlilik
                                                                             Axborotdan foydalanish
                                                                             Tizimli fikrlash
                                                                             Kommunikatsiya
                                                                             Refleksiya (fikrlash va xulosa
                                                                             qilish qobiliyati)


               Ushbu yondashuv matematikani hayotiy muammolarni hal qilish uchun ishlatish

               qobiliyatini baholashga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning mantiqiy tahlil qilish,
               modellashtirish va real dunyo masalalarida matematik yondashuvni qo‘llash
               qobiliyatlarini rivojlantirishga urg‘u beradi.






























          18 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish
   15   16   17   18   19   20   21   22   23   24   25