Page 25 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 25
2012-yil: Muammolarni hal qilish qobiliyati
(Problem-solving skills)
Baholangan jihatlar:
Muammoni aniqlash va tushunish;
Vaziyatni tahlil qilish;
Mumkin bo‘lgan yechimlarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish;
Eng samarali yechimni tanlash va amalga oshirish yo‘llari.
Bu yoʻnalishda oʻquvchilarning kundalik hayotda uchraydigan murakkab
vaziyatlarni tahlil qilib, samarali yechim topish qobiliyati baholangan. Unga
ko‘ra, oʻquvchilar duch keladigan vaziyatlar ko‘pincha yangi va nostandart
boʻlib, ularni hal qilish uchun umumiy mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va qaror
qabul qilish ko‘nikmalari kerak bo‘lgan.
2015-yil: Hamkorlikda muammolarni hal qilish
(Collaborative Problem Solving)
Baholangan jihatlar:
Jamoada samarali kommunikatsiya qilish qobiliyati;
Boshqalarning g‘oyalarini tinglash va hisobga olish;
Guruhda kelishilgan qarorlarni qabul qilish;
Hamkorlikda (birgalikda) muammolarni yechish uchun
resurslardan foydalanish ko‘nikmasi.
Ushbu davrdagi innovatsion yo‘nalishda o‘quvchilarning guruhlarda ishlash,
jamoa bilan muammolarni aniqlash va hal qilish qobiliyati baholangab. Bu
yo‘nalishda o‘quvchilar nafaqat o‘z bilimlarini, balki guruhdagi muloqot,
hamkorlik va boshqa jamoaviy kompetensiyalarini ham namoyish etishlari
talab qili ngan.
I Bob. PISA 2025 | 23