Page 30 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 30
RAQAMLI DUNYO TUSHUNCHASI
Raqamli dunyo bu zamonaviy jamiyatning axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) bilan chuqur integratsiyalashgan muhitidir. Ushbu
tushuncha tezkor axborot almashinuvi, real vaqt rejimida muloqot qilish
imkoniyati, katta hajmdagi ma’lumotlarning keng tarqalishi hamda global
internet va raqamli texnologiyalar yordamida dunyoning istalgan nuqtasiga
ulanib, masofa va vaqt chegaralarini qisqartirish kabi xususiyatlar bilan
tavsiflanadi. Global internetdan foydalanish bo‘yicha statistik ma’lumotlarga
ko‘ra, 2014-yilda internet foydalanuvchilarining ulushi 35 foizni tashkil etgan
bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 67,9 foizga yetgan.
1-rasm. Global Internet foydalanuvchilari sonining o‘sishi (2014-2025)
Ya’ni, 2025-yilga kelib dunyo aholisining qariyb uchdan ikki qismi internetdan
foydalanmoqda. Bu esa raqamli dunyoning jamiyat turmush tarziga tobora
ko‘proq ta’sir ko‘rsatayotganini anglatadi.
Raqamli dunyo jahon iqtisodiyotini ham tubdan o‘zgartirmoqda. So‘nggi
ma’lumotlarga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot global yalpi ichki mahsulotning 15,5
foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Yaqin o‘n yillikda yaratiladigan yangi qiymatning
70 foizga yaqini raqamli platformalarga asoslangan biznes modellar hissasiga
28 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish