Page 34 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 34
RAQAMLI DUNYODA O‘RGANISHGA OID
NAZARIY YONDASHUVLAR
Raqamli muhitda ta’limni samarali tashkil etish uchun ta’lim nazariyalarini
tushunish va ularning tamoyillaridan kelib chiqib yondashuvlar ishlab chiqish
muhimdir. An’anaviy ta’lim modelidan farqli ravishda, raqamli dunyoda
o‘rganish jarayoni o‘quvchining yanada faol ishtirokini, mustaqil bilim olishini
va hamkorlikda ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishni talab etadi. Ushbu
xususiyatlar konstruktivizm, ijtimoiy o‘rganish va aloqa o‘rnatish kabi
nazariyalar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning ta’lim jarayoniga ta’siri tobora ortib
bormoqda.
Bilim oluvchi tomonidan faol ravishda “quriladi”,
ya’ni shaxs yangi ma’lumotlarni o‘zining avvalgi
tajriba va bilimlari bilan bog‘lab, ulardan kelib
Konstruktivizm
nazariyasi chiqib tushunchalar shakllantiradi.
Ushbu nazariyaning asosiy tamoyillari quyidagilar:
Faol va interaktiv o‘qish
O‘quvchi mustaqil izlanish, amaliy mashqlar bajarish, xatolarga duch kelish
va ularni tuzatish orqali bilimni shakllantiradi.
O‘qituvchining yo‘naltiruvchi roli
O‘qituvchi tayyor bilimni yetkazuvchi emas, balki o‘quvchilarning mustaqil
izlanishlariga yo‘naltiruvchi sifatida ishtirok etadi.
Bilimning amaliy qo‘llanilishi
Ma’lumot faqatgina yodlab olinmaydi, balki real muammolarni hal qilish uchun
ishlatiladi. Masalan, matematika formulalarini o‘rganishda ularni kundalik
hayotdagi masalalar yechimi bilan bog‘lash samaradorlikni oshiradi.
32 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish