Page 31 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 31

to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Bu esa raqamli texnologiyalar nafaqat aloqa va axborot
            sohasida,  balki  sanoat,  xizmat  ko‘rsatish,  moliya,  ta’lim  kabi  barcha  sohalar
            rivojida hal qiluvchi omilga aylanmoqda. Sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar,

            katta  ma’lumotlar  (Big  Data)  va  “Ashyolar  interneti”  (IoT)  kabi  zamonaviy

            innovatsion yechimlar esa raqamli dunyoning yangi rivojlanish yo‘nalishlarini
            belgilab bermoqda.


            Raqamli texnologiyalarning ijtimoiy sohada ko‘rsatgan global ta’siri, ayniqsa,
            ta’lim tizimida ham sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar

            va raqamli platformalar ta’lim oluvchilarga dunyoning istalgan nuqtasidan ta’lim

            olish, ta’lim beruvchilar bilan tezkor muloqot o‘rnatish, jamoaviy loyihalarda
            ishtirok etish imkonini yaratmoqda.


            Shu bilan birga, raqamli dunyoda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihat,
            raqamli tafovutni ham keltirib chiqarmoqda. Mazkur raqamli tafovut tufayli

            ba’zi aholi qatlamlari va mintaqalar ilg‘or texnologiyalardan yetarlicha foydalana
            olmasligi, iqtisodiy va ijtimoiy tengsizliklarni kuchaytirishi mumkin.


            Raqamli  dunyo  chegaralarsiz  axborot  oqimi,  har  qanday  joydan  tezkor

            ulanish imkoniyati hamda texnologik innovatsiyalarning doimiy va shiddatli
            rivojlanishi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi “trend”lar bir lahzada
            butun  dunyoga tarqalishi yoki  yangi texnologiyalar  qisqa muddat ichida

            ommalashishi bu jarayonning yaqqol namunasidir. Ta’lim sohasida ham raqamli

            dunyo ta’lim oluvchilarning axborotga bo‘lgan yondashuvini tubdan o‘zgartirib,
            ularning  muloqot  qilish,  o‘rganish  va  bilim  olish  usullarini  sezilarli  darajada
            transformatsiya  qilmoqda.  Natijada,  ta’lim  tizimi  yanada  moslashuvchan

            bo‘lishga intilib, raqamli savodxonlik va innovatsion texnologiyalar asosida

            rivojlanmoqda.
























                                                         II Bob. PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish   | 29
   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36