Page 26 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 26

2018-yil: Global kompetensiya

                      (Global Competence)


                      Baholangan jihatlar:

                         Madaniy xilma-xillik va boshqa madaniyatlarni hurmat
                         qilish qobiliyati;

                         Xalqaro va global masalalarni tushunish, tahlil qilish va
                         fikrlash qobiliyati;
                         Global ahamiyatga ega muammolarga munosabat bildirishi

                         va yechim izlash ko‘nikmasi;
                         Global hodisalarga nisbatan mas’uliyatni his qilish va hamkorlik
                         qilishga tayyorlik kabi kompetensiyalarni baholash amalga oshirilgan.






                   Global     kompetensiyalar          yo‘nalishi     orqali     oʻquvchilarning        turli
                   madaniyatlararo muloqot qilish, xalqaro muammolarni anglash va global

                   masalalarni yechishga tayyorlik darajasi baholangan.






                      2022-yil: Kreativ fikrlash
                      (Creative Thinking)


                      Baholangan jihatlar:

                         Nostandart vaziyatlarda yangi g‘oyalarni shakllantirish;

                         Fikrlarni erkin ifodalash va yangi yechimlarni taklif qilish;
                         Mavjud bilimlardan foydalangan holda innovatsion yechimlarni
                         ishlab chiqish;

                         Masalalarni turli jihatdan ko‘ra olish va ijodiy yondashuv.






                   2022-yilda PISA ilk marotaba o‘quvchilarning ijodiy fikrlash (kreativ fikrlash)
                   qobiliyatini alohida yo‘nalish sifatida baholadi. Bu yo‘nalishda oʻquvchilarning

                   nostandart va original fikrlash, yangi yechimlarni taklif qilish, ijodiy faoliyat

                   olib borish qobiliyatlari o‘lchandi.




          24 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish
   21   22   23   24   25   26   27   28   29   30   31