Page 24 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 24

PISA TADQIQOTLARIDA INNOVATSION


                YO‘NALISHLARNING AHAMIYATI


               PISA tadqiqotlarida 2012-yildan boshlab, har bir baholash davrida asosiy uch

               yo‘nalish (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) bilan birga bitta innovatsion yo‘nalish

               joriy etilgan bo‘lib, u o‘quvchilarning fanlararo va XXI asr kompetensiyalarini
               baholashga qaratilgan. PISA 2025 uchun innovatsion yo‘nalish “Raqamli dunyoda
               ta’lim olish” (Learning in the Digital World, LDW) bo‘lib, u o‘quvchilarning bilim

               yaratish  va  muammolarni  hal  qilish  bo‘yicha  takroriy  jarayonlarda  raqamli

               vositalardan foydalanish qobiliyatini o‘lchaydi.

               Innovatsion yo‘nalishlarning ahamiyati


               Innovatsion yo‘nalishlar orqali o‘quvchilarning XXI asr ko‘nikmalarini, masalan,

               kreativ fikrlash, raqamli savodxonlik va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini
               o‘lchash mumkin bo‘ladi.


               Ushbu  yo‘nalishlar  natijalari  ta’lim  siyosatini  shakllantirishda  va  o‘quv
               dasturlarini zamonaviy talablar asosida yangilashga yordam beradi.


               Demak,  2012-yildan boshlab PISA dasturida innovatsion yo‘nalishlar
               quyidagi kompetensiyalarni baholashga qaratilib kelinmoqda:





                                    2012-yil        Muammolarni hal qilish qobiliyati



                                    2015-yil        Hamkorlikda muammolarni hal
                                                    qilish


                                    2018-yil        Global kompetensiyalar




                                    2022-yil        Kreativ fikrlash



                                    2025-yil        Raqamli dunyoda
                                                    o‘rganish









          22 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish
   19   20   21   22   23   24   25   26   27   28   29