Page 32 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 32
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM
JARAYONIDA TUTGAN O‘RNI
Raqamli texnologiyalarning ta’limga integratsiyasi zamonaviy ta’lim tizimining
ajralmas qismiga aylanib, o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etishda muhim rol
o‘ynamoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonini
yangi bosqichga olib chiqib, innovatsion yechimlar orqali o‘quvchilarning ta’lim
olish imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda.
Xususan, shaxsiy kompyuterlar, planshetlar, smartfonlar va interaktiv
doskalarning joriy etilishi ta’lim muhitiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu
texnologik yutuqlar raqamli ta’lim platformalari, ta’limni boshqarish tizimlari
(LMS), til o‘rganish ilovalari, kengaytirilgan va virtual reallik vositalari hamda
shaxsiylashtirilgan repetitorlik dasturlari kabi yo‘nalishlarda mahsulot va
xizmatlar taklif qilmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalarning kirib kelishi
natijasida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirishda ko‘plab imkoniyatlar
yaratilmoqda. Onlayn ta’lim va masofaviy o‘qitish platformalari raqamli
texnologiyalarning ta’lim sohasiga ta’sirining eng yorqin namunalaridan
biridir. 2010-yillardan boshlab butun dunyoda ommaviy ochiq onlayn kurslar
(MOOC) ommalashib, 2012-yilda bir necha ming foydalanuvchiga ega bo‘lgan
platformalar 2021-yilga kelib 220 milliondan ortiq foydalanuvchiga yetgan.
2-rasm. Ommaviy ochiq onlayn kurslar bozori tahlili
30 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish