Page 33 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 33

2020-yilda  COVID  —  19  pandemiyasi  davrida  onlayn  kurslarga  talab  keskin
            oshib, ko‘plab o‘quv muassasalari masofaviy ta’lim formatiga o‘tishga majbur

            bo‘ldi.  UNESCOning  2023-yilgi  Global  Ta’lim  Monitoring  hisobotiga  ko‘ra,
            2021-yil holatiga dunyo bo‘ylab 220 million kishi hech bo‘lmaganda bitta onlayn

            kursdan foydalangan. Bu tendensiya onlayn ta’lim platformalari va kurslarining
                                                                            mashhurligi             ortib

                                                                            borayotganini ko‘rsatadi.
                                                                            Raqamli      texnologiyalar

                                                                            ta’lim  jarayonini  turli
                                                                            jihatdan       boyitmoqda.

                                                                            Elektron           resurslar
                                                                            (elektron         darsliklar,

                                                                            videodarslar, interaktiv
            platformalar) o‘quvchilarga darsdan tashqari ham mustaqil o‘rganish imkonini

            beradi. Simulyatsiyalar va virtual laboratoriyalar murakkab tushunchalarni
            tajriba  asosida  o‘rganishga  yordam  beradi.  Biroq,  shu  bilan  birga  raqamli

            texnologiyalarni  ta’limga  tatbiq  etishda  qator  muammolar  ham  mavjud.
            Raqamli  tafovut  tufayli  farzandlari  onlayn  ta’lim  olishi  uchun  zarur  qurilma

            yoki internetga ega bo‘lmagan oilalar farzandlari ortda qolishi mumkin. Bundan
            tashqari, ayrim tadqiqotlar raqamli qurilmalar haddan tashqari qo‘llanilishi

            diqqatni jamlashni qiyinlashtirishi yoki o‘quv motivatsiyasiga salbiy ta’sir qilishi
            mumkinligini  ko‘rsatmoqda.  Empirik  dalillar  texnologiyalarning  ta’limdagi

            samarasi  turlicha  ekani,  ba’zi  texnologiyalar  ayrim  bilim  va  ko‘nikmalarni
            o‘zlashtirishda  yaxshi  natija  berishi,  boshqalari  esa  kutilganidek  foyda

            keltirmasligini  ko‘rsatadi.  Xususan,  agar  o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  raqamli
            vositalardan unumli foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa, qimmat texnologik

            resurslar ta’lim sifatini oshirmasligi mumkin.

            Shu sababdan, bugungi kunda aksar mamlakatlarda raqamli texnologiyalarni

            ta’limga  joriy  etishda  o‘qituvchilarning  raqamli  savodxonligini  oshirish,

            ularni  metodik  qo‘llab-quvvatlash  masalalariga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda.
            Umuman olganda, raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonida katta imkoniyatlar
            eshigini  ochdi.  Ular  ta’limning  mazmuni  va  shaklini  boyitmoqda,  o‘qitish  va

            o‘rganishning yanada interaktiv, ochiq va moslashuvchan usullarini taqdim

            etmoqda.




                                                         II Bob. PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish   | 31
   28   29   30   31   32   33   34   35   36   37   38