Page 17 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 17
Tanlov jarayonining sifat nazorati quyidagicha amalga oshiriladi:
tanlangan maktab va o‘quvchilar ro‘yxati PISA mutaxassislari tomonidan
sifat nazoratidan o‘tkaziladi hamda tasdiqlanadi;
tanlovda ishtirok etmagan maktab yoki o‘quvchilar soni juda
yuqori bo‘lsa, bu holat hisobga olinib, natijalar og‘irliklar (weighting
adjustments) bilan to‘g‘rilanadi;
agar maktab yoki o‘quvchilar belgilangan sifat nazoratiga javob bermasa,
bu holatlar natijalarning obyektivligiga ta’sir qilmasligi uchun maxsus
statistik uslublardan foydalaniladi.
PISA tadqiqotlarida mamlakatlarning nafaqat butun hududi, balki uning
alohida hududlari (viloyatlar, shaharlar yoki avtonom mintaqalar) ham mustaqil
ravishda qatnashishi mumkin. Shunga ko‘ra hududning natijalari ham alohida
e’lon qilinadi va xalqaro miqyosda taqqoslash imkoniga ega boʻladi.
PISA xalqaro baholash dasturida ushbu metodologiyadan foydalanishdan
maqsad, tanlangan namunadagi maktablar butun mamlakatdagi 15 yoshli
o‘quvchilar haqida ishonchli ma’lumot berishini ta’minlash hisoblanadi.
Shu bilan birga, bu metodologiya mamlakatlarning ta’lim tizimlarini xalqaro
miqyosda solishtirish imkoniyatini beradi.
I Bob. PISA 2025 | 15