Page 18 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 18
PISA 2025 YO‘NALISHLARINING UMUMIY
TASNIFI
Yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, PISA dasturida, asosan, matematik, tabiiy-
ilmiy va o‘qish savodxonliklari baholanadigan bo‘lsa, qo‘shimcha innovatsion
yo‘nalish har baholash davrida o‘zgarib boradi. Shuningdek, asosiy uchta
yo‘nalish orasidan ham, o‘z navbatida, har baholash davrida bitta ustuvor
yo‘nalish tanlab olinadi. Masalan, PISA 2022 baholash dasturida ustuvor yo‘nalish
sifatida matematik savodxonlik tanlangan bo‘lsa, 2025-yildagi tadqiqotlarda
ustuvor yo‘nalish sifatida tabiiy-ilmiy savodxonlik belgilab olingan.
Demak PISA 2025 dasturida quyidagi ketma-ketlikda baholash
amalga oshiriladi:
Tabiiy-ilmiy savodxonlik;
Matematik savodxonlik;
O‘qish savodxonlik;
Raqamli dunyoda o‘rganish (qo‘shimcha innovatsion yo‘nalish).
Tabiiy-ilmiy savodxonlik — bu hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish, ilmiy
tadqiqotlar uchun dizayn yaratish va baholash, ilmiy ma’lumotlar va dalillarni
tanqidiy tahlil qilishni nazarda tutadi. Bu tushuncha ilmiy bilimlarni real hayotiy
vaziyatlarda qo‘llash muhimligini ta’kidlaydi, shuningdek, ilmiy izlanish
jarayonida ilmiy dizayn yaratish va baholashga yanada ko‘proq e’tibor qaratiladi.
16 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish