Page 13 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 13

•    Ta’lim tizimining samaradorligini aniqlash
            Bunda  har  bir  mamlakat  o‘z  natijalarini  boshqa  davlatlar  bilan  solishtirish

            imkoniga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, ta’lim muassasalari va hukumatlar uchun
            ta’lim sifatini oshirishga doir aniq ko‘rsatmalar beriladi;


            •    Xalqaro tajribalarni almashish va takomillashtirish

            PISA  natijalari  asosida  eng  muvaffaqiyatli  ta’lim  tizimlarining  tajribasi
            o‘rganiladi va boshqa mamlakatlar tomonidan tahlil qilinishi mumkin bo‘ladi.
            Tahlil natijalari esa davlatlarga o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish va yangi

            metodlarni qo‘llash imkoniyatlarini taqdim etadi;


            •    Zamonaviy ta’lim yondashuvlarini ishlab chiqish
            An’anaviy yodlashga asoslangan ta’limdan ko‘ra, tanqidiy fikrlash va amaliy bilim

            olishga yo‘naltirilgan metodlarni qo‘llashni ilgari suradi. Jumladan, raqamli
            texnologiyalar, interfaol o‘qitish usullari va zamonaviy pedagogik dasturiy

            vositalardan foydalanish bo‘yicha takliflar beradi;


            •    Ta’limda tenglik va inklyuzivlikni ta’minlash
            Turli ijtimoiy qatlamlardan kelgan o‘quvchilarning ta’lim sifati bo‘yicha farqlarini

            aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, ta’limda adolat va teng imkoniyatlar
            yaratish, jumladan inklyuzivlikni bo‘yicha tavsiyalar taqdim etadi.


            Umuman olganda, PISA xalqaro baholash dasturi faqatgina test emas, balki ta’lim
            tizimlarining rivojlanishiga xizmat qiladigan muhim tahliliy vosita hisoblanadi.

            Ushbu  tadqiqot  natijalari  orqali  mamlakatlar  o‘z  ta’lim  tizimlaridagi  zaif  va
            kuchli  tomonlarni  aniqlash,  ta’lim  sifatini  oshirish  va  zamonaviy  metodlarni

            joriy etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.




























                                                                                        I Bob. PISA 2025  | 11
   8   9   10   11   12   13   14   15   16   17   18