Page 7 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 7

Bugungi  kunda  ta’lim  sifatini  aniqlash  va  uni  oshirish  maqsadida  strategik
            qarorlar qabul qilish uchun xalqaro miqyosda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma

            va savodxonligini baholash tizimlari muhim rol o‘ynaydi. Shunday tizimlardan
            biri  –  PISA  (Programme  for  International  Student  Assessment)  hisoblanadi.

            PISA  xalqaro  tadqiqoti  Ta’lim  bo‘yicha  Iqtisodiy  Hamkorlik  va  Taraqqiyot
            Tashkiloti (OECD) tomonidan tashkil etilib, har uch yilda bir marta o‘tkaziladi.

            Ushbu  dastur  orqali  15  yoshli  o‘quvchilarning  matematika,  tabiiy  fanlar  va
            o‘qish  savodxonligi  bo‘yicha  tayyorgarlik  darajasi  baholanadi.  2025-yilda

            o‘tkaziladigan PISA baholash jarayoni avvalgi tadqiqotlardan tubdan farqlanib,
            yangi texnologiyalar asosida amalga oshiriladi.


            Aynan shu sababli “PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish” mavzusi

            dolzarb bo‘lib, bugungi ta’lim tizimi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. PISA
            2025 xalqaro baholash tizimining asosiy yangiliklaridan biri raqamli dunyo
            sharoitida  o‘quvchilarning  o‘zlashtirish  darajasini  baholashga  alohida  e’tibor

            qaratilishidir. Bugungi ta’lim jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali

            foydalanish nafaqat o‘quvchilarning savodxonligini oshirishga, balki ularning
            tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, axborotni tahlil qilish va qaror qabul
            qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.








































                                                                                                  Kirish  | 5
   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11   12