Page 73 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 73

Raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish – simulyatsiyalar,
             ☑
                 interfaol vositalar va kompyuter yordamida kodlash asoslarini o‘rganish.
                 O‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini shakllantirish – Mustaqil o‘rganish strategiya-
             ☑
                 larini ishlab chiqish va samarali rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
                 Hisoblash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini oshirish – algoritmik fikrlash
             ☑
                 va modellashtirish orqali murakkab muammolarni yechish bo‘yicha mashqlar
                 bajarish.
                 Raqamli xavfsizlik va axborot savodxonligini oshirish – Internet resurslaridan
             ☑
                 xavfsiz foydalanish va ishonchli ma’lumotlarni ajrata olish kabi kompetensiyalarni
                 shakllantirish bugungi zamon talablaridan biri hisoblanadi.


                                       O‘qituvchilar uchun tavsiyalar

                 Ta’lim  jarayoniga  raqamli  vositalarni  integratsiya  qilish  –  dars  jarayonida
             ☑
                 interfaol  simulyatsiyalar,  raqamli  laboratoriyalar  va  ma’lumotlarga  asoslangan

                 topshiriqlardan foydalanish;
                 O‘quvchilarning  refleksiv  o‘rganishini  qo‘llab-quvvatlash  –  o‘quvchilarga  o‘z
             ☑
                 bilimlarini baholash va o‘rganish jarayonini tahlil qilish imkonini berish;
                 Amaliy topshiriqlar orqali o‘qitish – o‘quvchilarni real muammolar bilan ishlashga
             ☑
                 o‘rgatish, grafiklar, jadvallar va simulyatsiyalarni o‘rganish jarayoniga kiritish va
                 ulardan dars jarayonlarida foydalanish;

                 Moslashuvchan ta’lim metodlarini qo‘llash – turli darajadagi o‘quvchilarni qamrab
             ☑
                 olish uchun individual yondashuvlar va moslashtirilgan topshiriqlar ishlab chiqish;

                 O‘quvchilarni  ilmiy-texnikaviy  tafakkurni  rivojlantirishga  yo‘naltirish  –  ularni
             ☑
                 tadqiqot qilish, yangi bilimlar kashf etish va innovatsion loyihalar ustida ishlashga

                 rag‘batlantirish va boshqalar.

            Shunday qilib, PISA 2025 “Raqamli dunyoda o‘rganish” yo‘nalishi zamonaviy

            ta’lim  talablariga  mos  holda  o‘quvchilarning  raqamli  muhitda  bilim  olish
            va amaliy qo‘llash qobiliyatlarini baholash uchun ishlab chiqilgan. Bunda

            o‘quvchilar mustaqil o‘rganish, tahlil qilish va modellashtirish ko‘nikmalarini
            rivojlantirishlari  zarur.  O‘qituvchilar  esa  yangi  texnologiyalar  bilan

            integratsiyalashgan ta’lim metodlarini joriy etish va o‘quvchilarning tanqidiy
            fikrlashini shakllantirishga e’tibor qaratishlari lozim bo‘ladi. Bu jarayon kelajak

            avlodning  raqamli  jamiyatda  muvaffaqiyatli  bo‘lishi  uchun  zarur  bo‘lgan
            fundamental ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.






                                                                                    Xulosa va tavsiyalar  | 71
   68   69   70   71   72   73   74   75