Page 69 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 69
Hisoblashga asoslangan muammolarni hal qilish amaliyoti
komponenti o‘quvchilarning raqamli muhitda muammolarni tushunish,
tahlil qilish va yechish qobiliyatlarini baholaydi. Bu, asosan, quyidagi
ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi:
Tajriba sinovlar o‘tkazish.
☑
O‘quvchilar virtual muhitda modellar yaratib, ma’lumot to‘plash va tahlil
qilish orqali tizimlar qanday ishlashini tushunishlari;
Ma’lumotlarni tahlil qilish.
☑
Ma’lumotlar yordamida tushunchalarni hosil qilish, sabab-oqibat
bog‘liqliklarini aniqlash va prognoz qilish ko‘nikmalari;
Raqamli modellarni yaratish va tuzatish.
☑
O‘quvchilar hisoblash modellarini ishlab chiqib, ularni sinab ko‘rib,
xatolarni tuzatish kabi ko‘nikmalar inobatga olinadi.
O‘z-o‘zini boshqarish orqali o‘rganish jarayoni — bu raqamli dunyoda
samarali o‘rganish uchun o‘quvchilar o‘z bilim darajasini baholash, xatolarni
to‘g‘rilash va qiziqishlarini saqlab qolish qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim
ekanligini anglatadi. Ushbu bo‘lim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Taraqqiyotni kuzatish va moslashish.
☑
O‘quvchilar o‘z ishlari qanchalik samarali ekanligini tushunishlari va kerak
bo‘lsa o‘z yondashuvlarini o‘zgartirishlari;
Ish faoliyatini baholash.
☑
O‘quvchilar bajarilgan ishlarni tahlil qilib, kelajakdagi o‘rganish
jarayonlarini rejalashtirishlari;
Motivatsiyani saqlab qolish va vazifaga e’tibor qaratish.
☑
O‘quvchilarning qiziqishini saqlab qolish va murakkab muammolar bilan
shug‘ullanishni davom ettirish qobiliyati o‘rganiladi.
O‘quvchilarning raqamli o‘rganish muhitiga moslashish darajasi
komponentida esa, raqamli vositalardan qanday foydalanishlari va ularni
maksimal darajada samarali qo‘llay olishlari kabi qobiliyatlari baholanadi.
Misol tariqasida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
III Bob. Amaliy topshiriqlar tasnifi va baholash modeli | 67