Page 64 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 64
qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Masala mazmuni:
Dastlab biologlar toshbaqalar va akulalar populyatsiyasi o‘zgarishini kuzatib
borgan. Grafikda modellashtirilgan va real ma’lumotlar taqqoslangan
bo‘lib, o‘quvchilar o‘z modelini real populyatsiya tendensiyalariga mos
kelishini ta’minlashi kerak. Jumladan, ular toshbaqalarning tug‘ilish va o‘lim
darajalarini mos ravishda sozlashlari lozim.
10-rasm. Toshbaqalar va akulalar yordamida ekologik populyatsiyani
modellashtirishga doir masala natijasi
Demak, 10-rasmdan ko‘rinib turibdiki, ushbu masalani yechishda grafikni tahlil
qilish, muammo nimada ekanligini aniqlash, populyatsiyaga eng asosiy sabab
nima ekanligini topish orqali to‘g‘ri modelni yaratish kerak edi.
To‘g‘ri javob: “Toshbaqalarning akulalar tomonidan iste’mol qilinish
ko‘rsatkichini inobatga olgan holda modellashtirish zarur bo‘lgan”.
Umuman olganda, PISA 2025 baholash dasturida “Raqamli dunyoda o‘rganish”
yo‘nalishi bo‘yicha amaliy topshiriqlar o‘quvchilarning raqamli muhitdagi
muammolarni hal qilish, ma’lumotlarni tahlil qilish, modellashtirish va o‘z-
o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini baholashga yo‘naltirilgan.
62 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish