Page 61 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 61
Masalani yechish tartibi:
Grafikdan ko‘rinib turibdiki, qo‘ng‘izlar populyatsiyasi boshida keskin
☑
ortib, keyin kamayib boradi, chunki qushlar ularni iste’mol qilishi
ko‘paygan;
Qushlar soni qo‘ng‘izlar soni kamayganidan keyin ham o‘sib boradi, ammo
☑
grafikni oxiriga borib ularning soni ham pasayadi;
5-haftada qo‘ng‘izlar populyatsiyasi butunlay yo‘q bo‘lgan, lekin qushlar
☑
populyatsiyasi hali ham mavjud.
Shuning uchun to‘g‘ri javob: “5-haftada qo‘ng‘izlar soni 0 ga teng”.
7-rasm. Qushlar va chuvalchanglar populyatsiyasini tahlil qilishga doir
masala
Ushbu topshiriq o‘quvchilarga populyatsiyalarning o‘zgarishi va ekologik
muvozanat tushunchalarini anglashga yordam beradi. O‘quvchilar berilgan
grafik asosida ma’lumotlarni o‘qish, tendensiyalarni tushunish va
yetishmayotgan ma’lumotni tahmin qilish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Masala mazmuni:
Grafik qushlar va chuvalchanglar populyatsiyasining vaqt o‘tishi bilan
qanday o‘zgarishini tasvirlaydi;
III Bob. Amaliy topshiriqlar tasnifi va baholash modeli | 59