Page 57 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 57
Raqamli ta’lim muhiti ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-
quvvatlaydi va o‘quvchilarga texnologik vositalardan samarali foydalanish,
mustaqil bilim olish, va real muammolarni hal qilish imkoniyatini beradi.
PISA 2025 baholash dasturining “Raqamli dunyoda o‘rganish”
innovatsion yo‘nalishi doirasida:
Kompyuterlashtirilgan muammolarni hal qilish qobiliyati — O‘quvchilar
☑
dasturlash muhitlari, simulyatsiyalar yoki tahlil vositalaridan foydalanib
real muammolarni hal qilishi;
O‘z-o‘zini boshqarish va refleksiya qilish — O‘quvchilar mustaqil ravishda
☑
o‘rganish jarayonini boshqarishi va natijalarni baholay olishi;
Tahliliy fikrlash va qaror qabul qilish — O‘quvchilar raqamli muhitda
☑
ma’lumotlarni tahlil qilib, aniq xulosa chiqarish kabi asosiy ko‘nikmalarni
shakllanganligiga e’tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, o‘quvchilarga taqdim etilgan aniq vositalar turli
bo‘limlar bo‘ylab farq qilsa ham, har bir bo‘limning raqamli ta’lim muhiti
tuzilish va uslubiy jihatdan o‘xshashliklarga ega� Ular quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
Hisoblash vositasi (yoki vositalari) va o‘quvchilarga ishlaydigan hisoblash
☑
modellarini yaratishga imkon beradigan ish maydoni (masalan, model
yoki algoritm);
III Bob. Amaliy topshiriqlar tasnifi va baholash modeli | 55