Page 54 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 54
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA TOPSHIRIQLARNI
BAJARISH
Raqamli ta’lim muhitlari o‘quvchilarga
turli xil o‘quv materiallari va interfaol
elementlar yordamida bilim olish
imkoniyatini yaratadi. Bunday
muhitni tashkil etishda zamonaviy
pedagogik dasturiy vositalardan
foydalanish, ular yordamida
turli xil multimediali resurslarni yaratish bugungi kunda darslarni yanada
qiziqarli va mazmunli qilish imkonini bermoqda. PISA 2025 baholash dasturi
doirasida raqamli dunyoda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki
u o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish qobiliyatini va raqamli vositalardan
foydalanish ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan.
PISA 2025 xalqaro baholash dasturida raqamli ta’lim muhiti
quyidagi asosiy komponentlardan tashkil topgan:
Kompyuterlashtirilgan vositalar. Simulyatsiyalar, dasturlash
muhitlari, virtual laboratoriyalar va ta’lim o‘yinlari.
Raqamli ta’lim platformalari. O‘quvchilar mustaqil ravishda
ta’lim olish, bilimlarini sinash, turli xil modellar qurishi va hisob-
kitoblar olib borishi mumkin bo‘lgan raqamli platformalar.
Ta’lim resurslari. Raqamli darsliklar, video materiallar,
animatsiyalar, o‘rganish bo‘yicha interfaol yo‘riqnomalar va
tushuntirishlar.
Individual yondashuv. Raqamli texnologiyalar har bir ta’lim
oluvchining shaxsiy ta’lim olish trayektoriyasini aniqlash
imkonini bermoqda.
Fikr-mulohaza almashish. O‘quvchilar bilan onlayn muloqot,
ularni masofadan qo‘llab-quvvatlash va virtual yordamchilar.
52 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish