Page 51 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 51
o‘qituvchilarning yuqori darajadagi salohiyati, maktabda zarur resurslarning
mavjudligi va sinfdagi intizomli muhit o‘quvchilarning natijalariga sezilarli
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
PISA 2022 baholash doirasida o‘quvchilarning akademik natija-
lariga ta’sir qiluvchi omillar kompleks xususiyatga ega:
ilmiy salohiyat va kompetensiyalar natijaning asosiy bazasini tashkil etsa;
☑
motivatsiya uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi rol o‘ynaydi;
☑
ijtimoiy-iqtisodiy sharoit esa boshlang‘ich imkoniyatlar va resurslarga ta’sir qiladi.
☑
Ta’lim siyosati va amaliyoti yuqorida qayd etilgan omillarni kompleks ravishda
inobatga olgan holda ishlab chiqilishi lozim. Jumladan, kam ta’minlangan
oilalarning farzandlariga qo‘shimcha ta’lim resurslarini taqdim etish orqali
ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikning ta’lim sifatiga salbiy ta’sirini kamaytirish
mumkin. Bundan tashqari, o‘quvchilarning ichki motivatsiyasini oshirishga
qaratilgan pedagogik va psixologik yondashuvlarni ta’lim jarayoniga integratsiya
qilish muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarning fundamental bilim bazasini
mustahkamlashga yo‘naltirilgan sifatli ta’lim dasturlari esa ta’lim jarayonining
samaradorligini oshirishda asosiy rol o‘ynaydi. Shu tarzda ishlab chiqilgan
siyosat va amaliy chora-tadbirlar o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyati va
adolat tamoyilini ta’minlashga xizmat qiladi. PISA tadqiqotlari natijalari esa
har bir mamlakatga aynan qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratish zarurligini
ko‘rsatib beruvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
II Bob. PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish | 49