Page 55 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 55
Umuman olganda, PISA doirasidagi innovatsion baholash yo‘nalishi
sifatida raqamli o‘rganish kontekstida muhim bo‘lgan ikki asosiy
kompetensiya baholanadi:
1 Murakkab tizimlarni modellashtirish va algoritmik muammolarni
raqamli vositalar yordamida hal qilish qobiliyati.
Ushbu jarayonda o‘quvchilar mustaqil ta’lim olish jarayonidan
simulyatsiya shaklida o‘tadilar va muammolarni qanday hal qilishni o‘rganadilar.
2 O‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish (self-regulation) qobiliyati.
Bu shuni anglatadiki, ular qanday qilib o‘z o‘rganish jarayonini
kuzatish, nazorat qilish va unga moslashishni amalga oshiradi. Bunda
metakognitiv, xulq-atvorga oid, motivatsion va hissiy jihatlar hisobga olinadi.
PISA tadqiqotlarida bu maqsadga erishish uchun o‘quvchilarning topshiriqlarni
bajarish jarayonida kuzatilgan xulq-atvori haqidagi ma’lumotlardan
foydalaniladi. Ushbu ma’lumotlar simulyatsiyalangan va interfaol o‘rganish
muhitida o‘quvchilarga murakkab muammolarni taqdim etish orqali yig‘iladi.
Shuningdek, o‘quvchilar taqdim etilgan o‘quv vazifalari, materiallari va
yordamchi vositalar yordamida yechimlarni bosqichma-bosqich ishlab
chiqadilar. Ularning bu jarayonda qanday harakat qilishlari va qanchalik
muvaffaqiyatli bo‘lishlari baholashning asosiy obyekti hisoblanadi.
4-rasm. Raqamli muhitda o‘rganish bo‘yicha "Toshbaqa harakati" misoli
III Bob. Amaliy topshiriqlar tasnifi va baholash modeli | 53