Page 50 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 50
farqiga mos keladi. Shunday bo‘lsa-da, ayrim ta’lim tizimlarida past sharoitli
oilalardan chiqqan o‘quvchilar ham yuqori natijalarga erishishgan, ularni PISA
terminologiyasida “chidamli o‘quvchilar” (resilient students) deb atashadi,
ya’ni qiyin ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga qaramasdan, yuqori natijalarga
erishgan o‘quvchilar. PISA 2022 natijalariga ko‘ra, OECD mamlakatlarida
o‘rtacha 11% o‘quvchi bunday “chidamli” guruhga kiradi, biroq ayrim
mamlakatlarda bu ulush 15-20% gacha yetgani kuzatilgan.
Oilaviy omillar ta’sirining mexanizmi turlicha namoyon bo‘ladi. Ota-onaning
bilim darajasi va farzandga bo‘lgan kutilmalari (expectations) bolalarning
o‘qishga munosabatini shakllantiradi. Agar ota-ona bilimli bo‘lsa, farzandining
o‘qishiga ko‘proq e’tibor qaratib, ularni qo‘llab-quvvatlaydi, farzandlarini
kitoblarga qiziqtirib, kutubxona va muzeylarga olib boradi.
O‘z navbatida, oilaning iqtisodiy farovonligi qo‘shimcha imkoniyatlarni
yaratishda ko‘maklashadi, ya’ni repetitorlik darslari, qo‘shimcha to‘garaklar,
shaxsiy kompyuter kabi omillar bola rivojlanishiga yordam beradi. Undan
tashqari o‘quvchilarning bilim olishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan
omillar ham mavjud, bular, noto‘g‘ri ovqatlanish, yashash sharoitlari, ortiqcha
stress yoki mehnat qilishga majburiyat kabi sabablar ularning bilim olish
imkoniyatlarini pasaytiradi.
Yana boshqa omillar ham mavjud bo‘lib, bular, maktab muhiti ham
o‘quvchilar natijalariga katta ta’sir ko‘rsatadi. PISA 2022 ma’lumotlariga ko‘ra,
48 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish