Page 47 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 47
o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasi, qiziqishi, shuningdek, stress
va xavotirlarni qanday boshqarayotgani haqida ma’lumot yig‘iladi. Ko‘pgina
tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yuqori motivatsiya o‘quv natijalariga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi, ammo haddan tashqari xavotir (stress), aksincha, o‘rganish
samaradorligini pasaytirishi mumkin. Shu sababli o‘zini boshqarish nafaqat
vaqt va resurslarni, balki hissiy holatlarni ham boshqara olishni anglatadi.
Ta’lim amaliyotida o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun
metakognitiv strategiyalarni o‘rgatish muhim hisoblanadi. Masalan, o‘quvchilar
murakkab matnlarni qanday o‘qish, tushunishga qiynalganda qanday choralar
ko‘rish yoki onlayn materiallardan samarali foydalanishni o‘rganishlari kerak.
Bunday strategiyalarni puxta egallagan o‘quvchilar kelajakda turli vaziyatlarda
mustaqil qarorlar qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Bugungi raqamli jamiyatda o‘z-o‘zini boshqarib ta’lim olish ko‘nikmalari
uzluksiz ta’lim (lifelong learning) konsepsiyasining muhim tarkibiy qismidir.
O‘quvchilar maktab davridayoq ushbu ko‘nikmalarni egallash orqali kelajakda
turli kasbiy yoki hayotiy vaziyatlarga oson moslashadilar.
II Bob. PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish | 45