Page 45 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 45
SHAXSIY TA’LIM JARAYONLARINI
BOSHQARISH
Raqamli ta’lim muhitida samarali o‘rganish ko‘pincha o‘quvchining mustaqil
faoliyati va shaxsiy ta’lim jarayonini boshqarish qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
An’anaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi ta’lim jarayonining asosiy yo‘naltiruvchisi
hisoblangan bo‘lsa, raqamli ta’lim muhitida o‘quvchilar mustaqil ravishda o‘z
bilim olish faoliyatlarini boshqarishlari talab qilinadi. Bunda ular o‘z ta’lim
jarayonlarini rejalashtirish, nazorat qilish va natijalarni tahlil qilish mas’uliyatini
o‘z zimmalariga oladilar. PISA 2025 xalqaro baholash dasturida tanlab olingan
o‘z-o‘zini boshqarib ta’lim olish kompetensiyasi aynan shu jihatlarni aks ettiradi.
O‘z-o‘zini boshqarib o‘rganish bu o‘quvchining tashabbusi bilan, o‘zi belgilagan
maqsadlar asosida bilim olish jarayonidir. Raqamli texnologiyalar bu jarayonda
yangi imkoniyatlar ochib beradi, ommaviy ochiq onlayn kurslar (MOOC),
multimediali resurslar, elektron darsliklar (Coursera, Khan Academy) va boshqa
raqamli resurslar mustaqil ta’lim oluvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Biroq, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilardan
yuqori darajadagi o‘z-o‘zini nazorat qilish, jarayonni rejalashtirish va intizomlilik
talablariga rioya qilish talab etiladi. Masalan, onlayn kurslarda qatnashish uchun
ta’lim oluvchini hech kim majburlamaydi, u o‘zida kuchli motivatsiya topishi
va qat’iyatli bo‘lishni talab qiladi. Xalqaro ommaviy ochiq onlayn kurslarning
statistik ma’lumotlarga ko‘ra, onlayn kurslarni boshlaganlarning faqat bir qismi
ularni oxirigacha tugallaydi, bu ham o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalari yetarli
bo‘lmaganligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
O‘z-o‘zini boshqarish kompetensiyasi uchta asosiy jarayonni o‘z
ichiga oladi�
Rejalashtirish Monitoring Refleksiya
II Bob. PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish | 43