Page 40 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 40
RAQAMLI DUNYODA O‘RGANISH VA
MANTIQIY HISOBLASH
Muammolarni tizimli tahlil qilish va mantiqiy yechim topish raqamli dunyoda
o‘rganishning ajralmas ko‘nikmalaridan biridir. Zamonaviy texnologiyalar bilan
ishlash, asosan, mantiqiy ketma-ketlik asosida aniq qadamlarni belgilashga
tayanadi, ya’ni muammolarni kichik qadamlar (algoritmlar)ga ajratish,
ma’lumotlarni tartibli shakllantirish hamda aniq rejalar ketma-ketligini tuzishni
talab etadi. Shu bois bugungi ta’lim tizimlarida raqamli savodxonlik va dasturlash
asoslarini erta bosqichdan o‘qitish, algoritmik tafakkurni shakllantirish tobora
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kolumbiya universitetining professori Jeannette M. Wing tomonidan
“Algoritmik tafakkur nafaqat dasturchi-muhandis uchun, balki har bir shaxs
uchun asosiy ko‘nikmadir. O‘qish, yozish va arifmetikaga endi algoritmik
tafakkur ham qo‘shilishi lozim” degan g‘oya ilgari surilgan. Bu fikrga ko‘ra,
zamonaviy maktab o‘quvchilari nafaqat o‘qish, yozish va matematikani, balki
algoritmik fikrlash asoslarini ham egallashlari lozim, chunki kelajakdagi hayot
tarzida va kasbiy faoliyatida bunday puxta asosiy ko‘nikma katta ahamiyat kasb
etadi. Algoritmik fikrlash bu har qanday muammoni tartibli ravishda yechish
usulini ishlab chiqish demakdir. Bunda muammo, avvalo, kichik qismlarga
ajratiladi (dekompozitsiya), keyin har bir qism uchun yechim bosqichlari
aniqlanadi (algoritm tuzish), muhim va kerakli ma’lumot ajratib olinadi, ortiqcha
tafsilotlar e’tibordan chetga qo‘yiladi (abstraksiya) va nihoyat aniq ketma-ket
qadamlar belgilanadi.
Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarning maktab dasturlariga mantiqiy hisoblash
tushunchasi kiritilgan bo‘lib, algoritmik fikrlashni boshlang‘ich ta’limdan
38 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish