Page 44 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 44
ICILS tadqiqotida, yuqori daromadli oilalar farzandlari ushbu testlarda yuqori
natijalarga erishgan, chunki ular murakkab dasturlar va ta’limiy platformalardan
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishgan. Kam imkoniyatli oilalar farzandlari
esa asosan smartfon orqali internetdan foydalangan, bu esa ularning
texnologiyadan foydalanish tajribasini chegaralagan. Shu sababli, maktab ta’limi
barcha o‘quvchilarga teng imkoniyat yaratish va raqamli tafovutni kamaytirish
bo‘yicha muhim rol o‘ynaydi.
PISA 2025 doirasida “Raqamli dunyoda o‘rganish” innovatsion yo‘nalish
sifatida kiritilib, o‘quvchilarning mustaqil bilim olish va muammolarni
hal qilish kompetensiyalarini baholashga qaratiladi. Ilgari ham PISA turli
yondashuvlar orqali o‘quvchilarning raqamli muhitda o‘qish va fikrlash
qobiliyatlarini o‘lchashga harakat qilgan.
Masalan, 2012-yilda “Ijodiy muammolarni hal qilish” bo‘yicha test o‘tkazilgan
bo‘lib, unda o‘quvchilar noan’anaviy topshiriqlarni kompyuterda bajarish orqali
baholangan. 2015-yilda esa “Hamkorlikda muammolarni hal qilish” yo‘nalishi
baholanib, o‘quvchilar virtual hamkorlar bilan birgalikda muammolarni onlayn
rejimda hal qilishlari lozim bo‘lgan.
Bu baholashlar shuni anglatadiki, bugungi kunda raqamli muhitda samarali
faoliyat yuritish qobiliyati, zamonaviy savodxonlikning ajralmas qismiga
aylangan. Endilikda nafaqat oddiy matnlarni o‘qish va tushunish, balki veb-
sahifalar, interaktiv grafikalar, multimedia kontentlarini anglash, ulardagi
ma’lumotlarni tahlil qilish va to‘g‘ri talqin qilish ham muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
42 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish