Page 59 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 59
RAQAMLI DUNYODA O‘RGANISHGA OID
AMALIY TOPSHIRIQLAR
PISA 2025 tadqiqotlarining raqamli dunyoda o‘rganish jarayonida amaliy
topshiriqlar muhim o‘rin tutadi. Ushbu topshiriqlar o‘quvchilarning raqamli
vositalardan foydalanish qobiliyatini, muammolarni hal qilish strategiyalarini
va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini o‘lchashga xizmat qiladi.
Amaliy topshiriqlar raqamli muhitda interfaol shaklda taqdim etilib,
har bir topshiriq muayyan real hayotiy muammo yoki tadqiqotga
asoslangan bo‘ladi� Topshiriqlarni shakllantirish quyidagi bosqich-
lardan iborat:
Muammo qo‘yish. O‘quvchiga dastur tuzish, ma’lumotlarni tahlil qilish,
☑
simulyatsiya ishlatish yoki algoritm yaratish vazifasi beriladi;
Topshiriq bo‘limlari. O‘quvchilar masalani bosqichma-bosqich hal
☑
qilishadi va natijalarni tekshirib borish imkoniga ega bo‘ladi;
Fikr-mulohaza tizimi. O‘quvchilar to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob bo‘yicha
☑
avtomatik fikr-mulohaza olishadi, bu esa ularning bilimlarini
mustahkamlashga yordam beradi;
Natijalarni baholash. Har bir yechim murakkablik darajasi, samaradorlik
☑
va to‘g‘riligi bo‘yicha baholanadi.
Shuningdek, raqamli dunyoda o‘rganishga oid amaliy topshiriqlar
bir nechta turlarda taqdim etiladi� Yani:
Hisoblashga asoslangan muammolarni hal qilish. O‘quvchilarga raqamli
☑
qurilmalar yordamida algoritmik muammolarni hal qilish vazifasi
beriladi;
Simulyatsiya va modellashtirish. O‘quvchilar turli jarayonlarni
☑
simulyatsiya qilish va ularning natijalarini baholash topshirig‘ini
bajarishadi;
Ma’lumotlarni tahlil qilish va vizuallashtirish. O‘quvchilar berilgan
☑
ma’lumotlar to‘plamini tahlil qilish, diagramma va grafiklar yaratish
III Bob. Amaliy topshiriqlar tasnifi va baholash modeli | 57