Page 62 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 62
Grafikda ma’lum bir vaqt nuqtasida qushlar populyatsiyasiga tegishli
ma’lumot yetishmaydi, uni aniqlash talab etiladi;
O‘quvchilar grafikdan foydalanib populyatsiyalar o‘zgarishini kuzatib,
to‘g‘ri javobni topishlari kerak bo‘ladi.
Masalani yechish tartibi:
Masalani tahlil qiladigan bo‘lsak, chuvalchang populyatsiyasining
☑
maksimal cho‘qqisidan keyin qushlar populyatsiyasi ham eng yuqori
nuqtaga yetganligi ko‘rinib turibdi;
Grafikga qaraganda, eng yaqin tendensiya bo‘yicha qushlar populyatsiyasi
☑
50 atrofida bo‘lishi kerak.
Shuning uchun to‘g‘ri javob: “50 ta qushlar ekanligini ko‘rish mumkin”.
8-rasm. Tulkilar populyatsiyasining o‘sishiga doir masala
Ushbu topshiriq populyatsiya o‘sish sur’atlarini hisoblash va foiz hisoblarini
qo‘llash tushunchalarini o‘rganish uchun ishlab chiqilgan. O‘quvchilar oddiy
foiz hisob-kitoblari orqali hayvonlar populyatsiyasining yillik o‘zgarishini
aniqlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
60 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish