Page 67 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 67
Vazifalarning turlariga keladigan bo‘lsak, PISA 2025 ning "Raqamli
dunyoda o‘rganish" yo‘nalishida amaliy topshiriqlar turli formatlarda
ishlab chiqiladi� Ya’ni:
Grafik va ma’lumotlar tahliliga asoslangan topshiriqlar. Bu turdagi
☑
topshiriqlarda o‘quvchilar jadval, grafik yoki diagrammalar asosida
muammoni tahlil qilishlari va xulosa chiqarishlari kerak.
Simulyatsiyaga asoslangan interaktiv topshiriqlar. O‘quvchilar raqamli
☑
simulyatsiyalar orqali turli parametrlarni o‘zgartirib, muayyan natijalarga
erishishlari kerak.
Kodlash va algoritmik muammolarni yechishga doir topshiriqlar. Bunda
☑
o‘quvchilar oddiy blokli dasturlash yoki algoritmlarni yaratish orqali
muammolarni hal qilishlari kerak bo‘ladi.
O‘z-o‘zini baholash va refleksiyaga oid topshiriqlar. Ba’zi topshiriqlar
☑
o‘quvchilarning o‘z faoliyatini kuzatishi va o‘z-o‘zini baholashiga
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan, o‘quvchilarga modellashtirish jarayonida
qaysi xatolarni ko‘proq qilgani haqida fikr yuritish so‘raladi va ularga o‘z
strategiyalarini yaxshilash bo‘yicha maslahatlar beriladi.
PISA 2025 dasturining “Raqamli dunyoda o‘rganish” yo‘nalishidagi amaliy
topshiriqlar o‘quvchilarning zamonaviy texnologiyalar va raqamli vositalar
bilan ishlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu
topshiriqlar uch bosqichli yondashuv asosida ketma-ket murakkablashib
boradi, bunda o‘quvchilar ma’lumotlarni tahlil qilish, qaror qabul qilish va
natijalarni baholash ko‘nikmalarini shakllantirishadi.
III Bob. Amaliy topshiriqlar tasnifi va baholash modeli | 65