Page 71 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 71

o‘quvchilarning  hisoblash  muammolarini  hal  qilish  amaliyoti  va  o‘z-o‘zini
            boshqarish orqali o‘rganish jarayonining samaradorligini aniqlashga qaratilgan.
            Har bir topshiriq bo‘yicha dalillar qoidalari turli kognitiv laboratoriyalar va pilot

            tadqiqotlar  orqali  aniqlashtirilgan  hamda  PISA  2025  maydon  sinovlari  (Field

            Trial)  orqali  tasdiqlanadi.  Bunda  o‘quvchilar  yutuqlari,  o‘z-o‘zini  boshqarish
            orqali  o‘rganish  xatti-harakatlari  va  test  jarayonidagi  o‘rganish  natijalari
            umumlashtirilib, hisobot shaklida taqdim etiladi. Ushbu hisobot strategiyasi

            PISA baholash tizimining asosiy maqsadlariga mos ravishda ishlab chiqilgan va

            ko‘p o‘lchovli ma’lumotlar taqdim etishga qaratilgan.


            O‘quvchilarning  hisoblash  muammolarini  hal  qilish  bo‘yicha  ko‘nikmalari
            an’anaviy PISA baholash tizimidagi kabi yutuq darajalari (achievement levels)
            bo‘yicha  o‘lchanadi.  Hisobot  faqat  o‘quvchilarning  natijalari  bilan  cheklanib

            qolmay, balki ularning raqamli resurslardan foydalangan holda qanday o‘rganish

            qobiliyatiga ega ekanligini ham ko‘rsatadi.

            PISA 2025 dasturining raqamli dunyoda o‘rganishni baholash modeli nafaqat

            an’anaviy bilimlarni o‘lchashga, balki raqamli vositalardan foydalanish orqali
            o‘quvchilar qanday qilib yangi bilimlar hosil qilishlari va ularni amaliyotda

            qo‘llashlarini baholashga yo‘naltirilgan. Bu baholash modeli hisoblashga
            asoslangan muammolarni hal qilish, o‘z-o‘zini boshqarish va raqamli muhitga

            moslashish kabi jihatlarni qamrab oladi. Natijalar esa mamlakatlarga o‘z ta’lim
            tizimlarida  raqamli  texnologiyalarning  ta’lim  jarayoniga  ta’sirini  baholash  va

            yaxshilash uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.

































                                                  III Bob. Amaliy topshiriqlar tasnifi va baholash modeli  | 69
   66   67   68   69   70   71   72   73   74   75