Page 70 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 70

O‘quvchilar  interfaol  darsliklar,  simulyatsiyalar  va  ma’lumotlar
                ☑
                     bazalaridan qanday foydalanishlarini aniqlash;


                     Yordamchi  vositalar  (tutorial,  avtomatik  fikr-mulohaza  va  boshqalar)
                ☑
                     bilan qanday ishlashlarini baholash;


                     Raqamli       o‘rganish     resurslaridan       qanday      foydalanish       bo‘yicha
                ☑
                     strategiyalarni o‘zlashtirish darajasi va boshqalar.

               PISA 2025 baholash tizimida ishtirok etadigan o‘quvchilar raqamli dunyoda

               o‘rganish bo‘yicha baholashning ikkita bo‘limini bajarish uchun bir soatgacha

               vaqt sarflashadi. Ushbu baholashning topshiriqlari 30 daqiqalik segmentlarga
               bo‘lingan  va  oldin  ko‘rib  chiqilgan  topshiriqlar  ketma-ketligiga  asoslangan
               holda tashkil etiladi. Har bir 30 daqiqalik topshiriqlar klasteri (bitta bo‘lim)

               turli kompyuterga asoslangan test formatlariga joylashtiriladi va aylanma test

               dizayni asosida o‘tkaziladi.

               Ba’zi  bo‘limlar  kompetensiya  modelining  barcha  tarkibiy  qismlarini

               qamrab  olmasligi  mumkin  bo‘lsa  ham,  test  shunday  shakllantiriladiki,  u
               kompetensiya modelini umumiy populyatsiya darajasida yetarlicha qamrab

               oladi. O‘quvchilarning turli hisoblash vositalari va o‘rganish maqsadlarini o‘z
               ichiga olgan ikkita bo‘limni bajarishi maqsadga muvofiq.


               Birinchi bo‘lim — simulyatsiyadan olingan ma’lumotlarni ishlash bilan bog‘liq

               bo‘lishi mumkin.

               Ikkinchi bo‘lim — kompyuter dasturini yozish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.


               Shunday qilib, PISA 2025 ning raqamli dunyoda o‘rganish baholash tizimi

               turli hisoblash vositalari, turli formatlar va kompetensiyalarni qamrab olgan
               topshiriqlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.


               PISA 2025 baholash tizimida ishlab chiqilgan har bir topshiriq o‘quvchilar
               javoblari va ularning raqamli test muhitidagi o‘zaro ta’sirlarini baholash uchun

               maxsus  dalillar  to‘plamiga  ega.  Ushbu  dalillar  o‘quvchilarning  natijalari  va
               ularning test jarayonida qanday yo‘nalishlarni tanlaganlarini tahlil qilish uchun

               ajratilgan kuzatiladigan elementlardan iborat.


               Dalillar modeli nazariy asoslangan taxminlar orqali ishlab chiqilgan bo‘lib, u




          68 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish
   65   66   67   68   69   70   71   72   73   74   75