Page 66 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 66
VAZIFALAR KETMA-KETLIGI VA TURLARI
PISA 2025 baholash tizimida “Raqamli dunyoda o‘rganish” yo‘nalishi
o‘quvchilarning raqamli muhitda o‘z-o‘zini boshqarish, muammolarni hal qilish
va ma’lumotlarni tahlil qilish qobiliyatlarini baholashga yo‘naltirilgan. Ushbu
yo‘nalish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan amaliy topshiriqlar mantiqiy ketma-
ketlik asosida bosqichma-bosqich murakkablashib boradi va o‘quvchilarning
raqamli vositalardan samarali foydalanish qobiliyatini tekshiradi.
PISA 2025 doirasidagi amaliy topshiriqlar uch asosiy bosqich asosida
tashkil etiladi:
1 Tushunish va ma’lumotlarni yig‘ish bosqichi.
Bu bosqichda o‘quvchilar berilgan muammoni tushunish va
ma’lumotlarni o‘qish orqali boshlang‘ich tahlilni amalga oshiradilar.
Masalan, o‘quvchilarga ekotizimdagi hayvonlar populyatsiyasi haqidagi grafik
beriladi va ular muayyan tendensiyalarni aniqlashlari talab qilinadi. Ushbu
bosqichda o‘quvchilarning, asosan, grafiklarni tahlil qilish, ma’lumotlarni
ajratish, muammoni tushunish kabi ko‘nikmalari baholanadi.
2 Qaror qabul qilish va modellashtirish bosqichi.
Bu bosqichda o‘quvchilar ma’lumotlar asosida qaror qabul qilish yoki
modellashtirish orqali natijalarni prognoz qilishlari lozim bo‘ladi.
Masalan, o‘quvchilar toshbaqalar va akulalar populyatsiyasi qanday o‘zgarishini
modellashtirishlari zarur. Ular oziqlanish tezligini o‘zgartirib, optimal natija-
larni topishlari kerak. Natijada ularning algoritmik fikrlash, modellashtirish,
matematik tahlil qilish kabi asosiy ko‘nikmalari baholanadi.
3 Tahlil qilish va xulosa chiqarish bosqichi.
Ushbu bosqichda esa o‘quvchilar o‘z model natijalarini haqiqiy dunyo
ma’lumotlari bilan taqqoslab, xulosa chiqarishlari talab etiladi. Misol
tariqasida, o‘quvchilar to‘g‘ri sozlamalar va qiymatlar kiritilgan modellashtirish
natijalarini haqiqiy ma’lumotlar bilan solishtirishlari hamda og‘ish sabablarini
tushuntirishlari kerak bo‘ladi. Natijada, o‘quvchilarning fikr-mulohaza asosida
modelni takomillashtirish, qarorlarni qayta ko‘rib chiqish, natijalarni tahlil
qilish kabi ko‘nikmalari baholanadi.
64 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish