Page 65 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 65

Ushbu  topshiriqlar  interfaol  simulyatsiyalar,  grafiklar,  ma’lumotlar  jadvallari
            va algoritmik yechimlarni qo‘llash orqali beriladi.


            Ushbu yo‘nalish bo‘yicha keltirilgan amaliy topshiriqlarda quyidagi
            jihatlar muhim rol o‘ynaydi:



                   Muammoli  vaziyatlar  orqali  o‘rganish — o‘quvchilar real hayotiy
             ☑
                   ekotizimlar,  iqlim  o‘zgarishlari  yoki  iqtisodiy  jarayonlarga  oid
                   muammolarni raqamli muhitda tahlil qilishadi;



                   Ma’lumotlarga  asoslangan  qaror  qabul  qilish  —  grafik  va  jadvallar
             ☑
                   asosida xulosa chiqarish, o‘zgarish tendensiyalarini tushunish, natijalarni
                   prognoz qilish talab etiladi;


                   Modellashtirish va simulyatsiya — o‘quvchilar ekotizim dinamikasi yoki
             ☑
                   algoritmik  jarayonlarni  modellashtirib,  sozlamalarni  o‘zgartirish  orqali
                   optimal natijalarga erishishlari kerak bo‘ladi;


                   O‘z-o‘zini  boshqarish  va  moslashish — o‘quvchilar topshiriqlarni
             ☑
                   bajarish    jarayonida      xatolarni     tahlil    qilish,   fikr-mulohazalardan

                   foydalanish va strategiyalarni o‘zgartirish imkoniga ega bo‘ladilar.




























            PISA  2025  doirasida  beriladigan  amaliy  topshiriqlar  XXI  asr  ko‘nikmalarini
            shakllantirishga  qaratilgan  bo‘lib,  o‘quvchilarning  raqamli  muhitda  samarali
            o‘rganish  qobiliyatini  o‘lchashga  xizmat  qiladi.  Bu  esa  ularning  kelajakdagi

            texnologik va ilmiy muhitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun muhim

            poydevor vazifasini bajaradi.




                                                  III Bob. Amaliy topshiriqlar tasnifi va baholash modeli  | 63
   60   61   62   63   64   65   66   67   68   69   70