Page 60 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 60
vazifasini bajaradilar;
O‘z-o‘zini boshqarish va refleksiya qilish. O‘quvchilar o‘z o‘quv
☑
jarayonini kuzatish va tahlil qilish bo‘yicha topshiriq bajaradi.
Quyida PISA 2025 dasturining raqamli dunyoda o‘rganishga oid amaliy
topshiriqlar va ularning ishlanish tartibi bilan tanishib chiqamiz.
6-rasm. Tabiiy muvozanat — qushlar va qo‘ng‘izlar populyatsiyasiga doir
masala
Bu topshiriq populyatsiyalar dinamikasi va ekologik muvozanat tushuncha-
larini o‘rganish uchun mo‘ljallangan. O‘quvchilar yirtqich va o‘lja (predator-
prey) munosabatlarini tushunish va grafik ma’lumotlarini tahlil qilish
qobiliyatini rivojlantiradi.
Masala mazmuni:
O‘quvchilarga grafik berilgan bo‘lib, unda qushlar (yirtqichlar) va qo‘ng‘izlar
(o‘lja) populyatsiyasining vaqt davomida qanday o‘zgarishi tasvirlangan.
Grafikdan foydalanib, o‘quvchilar populyatsiyalar qanday rivojlanayotgani,
ularning bir-biriga bog‘liqligi va o‘zgarish sabablarini tushunishlari
kerak.
58 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish