Page 56 - PISA 2025 - Raqamli dunyoda o‘rganish
P. 56
Yuqorida keltirib o‘tilgan topshiriq namunasida (4-rasm) o‘quvchilarga
bloklar shaklida mavjud bo‘lgan buyruqlarni birlashtirib, o‘yin qahramonini
boshqaruvchi dastur yaratish vazifasi beriladi (toshbaqa shaklida). O‘yin
qahramoni avval ko‘k obyektni yig‘ishi va keyin belgilangan joyga harakat-
lanishi kerak. Bunda o‘quvchilar o‘z dasturlarining ishlashini test qilish
funksiyasi yordamida qayta-qayta tekshirishlari, yordamchi materiallardan
foydalangan holda o‘z dasturiy yechimlarini yaxshilashlari va qo‘llab-
quvvatlovchi fikr-mulohazalar olishlari mumkin bo‘ladi.
Natijada ma’lumotlardan olingan ko‘rsatkichlar kompetensiya sohalarini
aniqlash uchun tekshiriladi va bu ko‘rsatkichlar shaxsiy farqlarni qanday
aks ettirishi baholanadi. Ushbu jarayonda konstruktsiya tasdiqlash amalga
oshiriladi, ya’ni ko‘rsatkichlarning muayyan nazariy tushunchalar bilan
bog‘liqligi tekshiriladi. Demak, 1-rasmda keltirib o‘tilgan topshiriq orqali
o‘quvchilarning raqamli muhitda topshiriqlarni bajarish qobiliyati bilan bir
qatorda, mantiqiy fikrlash, oldindan mavjud bilimlardan foydalanish, o‘ziga
bo‘lgan ishonch va o‘rganishga motivatsiya kabi ko‘nikmalari ham baholanadi.
PISA 2025 baholash tizimida topshiriqlar quyidagi bosqichlarda
tashkil etiladi:
Ko‘rsatish (Show) — o‘quvchining dastlabki bilimlarini aniqlash uchun
☑
qisqa testlar va savollar;
O‘rganish (Learn) — o‘quvchi raqamli muhitda taqdim etilgan ma’lumotlar
☑
bilan ishlaydi, interfaol topshiriqlar bajaradi va tajribalar o‘tkazadi;
Qo‘llash (Apply) — o‘quvchi oldin o‘rganilgan bilimlarni real muammolarni
☑
hal qilish uchun qo‘llaydi;
Tahlil va qayta ko‘rib chiqish (Reflect) — o‘quvchi o‘z ishini baholaydi va
☑
xatolarni tahlil qiladi.
Raqamli ta’lim muhitining o‘ziga xos ahamiyati sifatida, har bir o‘quvchi o‘zining
bilim darajasiga qarab topshiriqlarni individual bajarishi, ularning mustaqil
o‘rganish jarayonining rag‘batlantirilishi va vaqtni boshqarish qobiliyatini
rivojlantirishi, o‘quvchilarga amaliyotda uchraydigan murakkab muammolarni
hal qilish imkonini yaratib berishi kabilarni keltirish mumkin.
54 | PISA 2025 — Raqamli dunyoda o‘rganish