Page 114 - Demo
P. 114


                                    114 | Raqamli savodxonlik: ta%u02bclimda innovatsion texnologiyalarShaxsiy ma%u02bclumotlarni himoya qilish bo%u02bbyicha samarali choralarShu o%u02bbrinda, shaxsiy ma%u02bclumotlarni internetda ishonchli saqlash va turli kiberxavflardan himoya qilish zamonaviy raqamli xavfsizlik madaniyatining eng muhim talablaridan biridir. Buning uchun foydalanuvchilar kuchli parollar yaratish, antivirus dasturlaridan foydalanish, tizim va ilovalarni muntazam yangilab borish, shubhali havolalardan ehtiyot bo%u02bblish hamda shaxsiy ma%u02bclumotlarni faqat ishonchli platformalarda ulashish kabi samarali metodlarga qat%u02bciy rioya etishlari zarur.Antivirus va antimalware himoyasi. Kompyuter va mobil qurilmalarda muntazam yangilanadigan antivirus va antimalware dasturlari birlamchi himoya vositalaridan hisoblanadi. Ular zararli fayllarni aniqlash, to%u02bbsib qo%u02bbyish va zararsizlantirish imkonini beradi. Antivirusni o%u02bbrnatish bilan birga uni muntazam yangilab borish lozim.Kuchli parollar va ikki bosqichli autentifikatsiya (2FA). Har bir akkaunt uchun murakkab va alohida parol yaratish zarur. Parol tarkibida katta va kichik harflar, raqamlar hamda maxsus belgilar qatnashishi xavfsizlikni kuchaytiradi. Shuningdek, parollarni muntazam o%u02bbzgartirib turish va ikki bosqichli autentifikatsiya (2FA)dan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, SMS yoki mobil ilova orqali qo%u02bbshimcha tasdiqlash jarayoni hisobingizni buzilishidan himoya qiladi.Shubhali havolalardan ehtiyot bo%u02bblish. Elektron pochta yoki SMS orqali yuborilgan noma%u02bclum havolalarni ochish katta xavf tug%u02bbdiradi. Chunki ko%u02bbplab fishing hujumlari aynan shu usulda amalga oshiriladi. Foydalanuvchi havolani bosgach, soxta saytga yo%u02bbnaltiriladi va u yerda login-parol yoki bank ma%u02bclumotlarini kiritishga majbur bo%u02bblishi mumkin. 123
                                
   108   109   110   111   112   113   114   115   116   117   118