R A Q A M L I
T A L I M

Raqamli ta’limning izohli lug‘ati

Badiiy elektron nashr

Badiiy adabiyot, tasviriy sanʼat, teatr, estrada va sirk ijodiyoti asarlari, kino asarlari, muzey va madaniyat sohasiga taalluqli va ilmiy tadqiqotlarning mazmunidan iborat boʻlmagan boshqa axborotdan iborat elektron nashr.

Bosma oʻquv adabiyotining elektron oʻxshashi

Mos bosma oʻquv adabiyotini asosan qayta tiklovchi elektron oʻquv adabiyoti (sahifalarda matnning joylashishi, rasmlar, havolalar, eslatmalar va h.k.)

Bosma oʻquv adabiyotining elektron oʻxshashi

Mos bosma oʻquv adabiyotini asosan qayta tiklovchi elektron oʻquv adabiyoti (sahifalarda matnning joylashishi, rasmlar, havolalar, eslatmalar va h.k.).

Brauzer (browser)

Foydalanuvchiga gipermatnni olish va oʻqish, gipermatnli uzellar (veb-sahifalar) mazmunini koʻrish, bitta veb-sahifadan boshqa veb-sahifaga oʻtish, shuningdek kontent bilan oʻzaro ishlash, aks ettirilayotgan kontentning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish imkonini beradigan ilova

Bulutli saqlash

maʼlumotlar, asosan uchinchi tomon tarafidan mijozlarga foydalanish uchun taqdim etiladigan tarmoqda taqsimlangan koʻp sonli serverlarda saqlanadigan onlayn-saqlash joyining modeli

Bulutli texnologiyalar

Raqamli maʼlumotlarni taqsimlangan qayta ishlash texnologiyalari boʻlib, ular yordamida kompyuter resurslari internet foydalanuvchisiga onlayn xizmat sifatida taqdim etiladi