R A Q A M L I
T A L I M

Raqamli ta’limning izohli lug‘ati

Tasviriy elektron oʻquv adabiyoti

Koʻrib chiqishga va bosmada qayta chiqarishga yo‘l qoʻyuvchi, lekin belgilari boʻyicha ishlov berishga yo‘l qoʻymaydigan shaklda taqdim etilgan, yaxlit grafik mohiyat tarzida qaraladigan obyektlarning asosan elektron obrazlaridan tashkil topgan elektron oʻquv adabiyoti.

Taʼlim kontenti

Taʼlim oluvchilarga bilim berish, muayyan koʻnikmalarni rivojlantirish va tarbiyalash maqsadida ishlab chiqilgan axborotning taqdim etilgan shakli.

Taʼlim kontentini boshqarish tizimi (Learning Content Management System (LCMS))

Oʻquv kontentini yaratish, saqlash, toʻplash va yetkazib berishda qoʻllaniladigan dasturiy mahsulot (elektron taʼlim platformasi).

Taʼlim maqsadi

Taʼlim jarayonida taʼlim oluvchi tomonidan oʻzlashtirishi kerak boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar.

Taʼlim obyekti metamaʼlumotlari (Learning Object Metadata)

Taʼlim olish obyekti va uni qoʻllab-quvvatlash uchun foydalaniladigan boshqa raqamli resurslarni tavsiflash uchun qoʻllaniladigan standart.

Taʼlimni boshqarish tizimi (Learning Management System (LMS))

Taʼlim jarayonini rejalashtirish, amalga oshirish, shuningdek, taʼlim kurslari, oʻquv dasturlari, materiallar, baholash, davomat hamda maʼmuriy jarayonlarni boshqarish, hujjatlashtirish, kuzatish, hisobot berish, avtomatlashtirish va yetkazib berishda foydalaniladigan dasturiy taʼminot.

Toʻldirilgan reallik (augmented reality (AR))

Real muhitning interfaol tajribasi, bunda haqiqiy olamda boʻlgan obyektlar kompyuter orqali generatsiyalangan hamda idrok etiladigan axborot bilan toʻldirilishini taʼminlovchi texnologiya

Tovushli elektron oʻquv adabiyoti

Tovushli axborotni faqat zarur texnik va dasturiy taʼminot mavjud boʻlganda, lekin bosma holida qayta tiklash uchun moʻljallanmagandagina uni eshitishga yo‘l qoʻyadigan shaklda raqamli taqdim etilishiga ega boʻlgan elektron oʻquv adabiyoti.