R A Q A M L I
T A L I M

Raqamli ta’limning izohli lug‘ati

Geymifikatsiya (Gamification)

Taʼlim oluvchilarni oʻyin elementlaridan foydalangan holda taʼlim maqsadlariga erishishning interfaol usuli

Giperhavola

Veb-sahifadagi aktiv (rang bilan ajratilgan) matn, tasvir yoki tugmacha, ularni chertish (giperhavolani aktivlashtirish) bilan boshqa sahifaga yoki joriy sahifaning boshqa qismiga oʻtiladi

Gipermatn

Matnni kompyuter, planshet va smartfonlarda ifodalash shakli boʻlib, unda ajratilgan tushunchalar, obyektlar (kalit soʻzlar, tayanch iboralar va boshqalar) va boʻlimlar (boblar, paragraflar) orasidagi bogʻlanishlar taʼminlanadi

Gologramma

Obyektdan aks ettirilgan yorugʻlikning uch oʻlchamli tasviri