R A Q A M L I
T A L I M

Raqamli ta’limning izohli lug‘ati

Ilmiy elektron oʻquv adabiyoti

Nazariy va (yoki) eksperimental tadqiqotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega elektron oʻquv adabiyoti, shuningdek, nashr etishga ilmiy jihatdan tayyorlangan madaniyat yodgorliklari va tarixiy hujjatlar.

Ilmiy elektron oʻquv adabiyoti

Nazariy va (yoki) eksperimental tadqiqotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega elektron oʻquv adabiyoti, shuningdek, nashr etishga ilmiy jihatdan tayyorlangan madaniyat yodgorliklari va tarixiy hujjatlar.

Ilmiy-ommabop elektron oʻquv adabiyoti

Mutaxassis boʻlmagan taʼlim oluvchiga tushunarli shaklda bayon qilingan, fan, madaniyat va texnika sohasidagi nazariy va (yoki) eksperimental tadqiqotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega elektron oʻquv adabiyoti.

IMS (Instructional Management System)

Taʼlim jarayonini tashkil etish, yaʼni taʼlim beruvchilar tomonidan onlayn kurslarni tez va oson yaratish, tashkil etish va boshqarish imkonini beruvchi standart.

Innovatsion pedagogik texnologiyalar

Ta’lim-tarbiya jarayonida ta'lim oluvchilarga muayyan fan yoki mavzu bo‘yicha bilim berish va ularning shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish uslublari va texnik vositalar majmuidir.

Ishlab chiqarish-amaliy elektron oʻquv adabiyoti

Ishlab chiqarish texnologiyasi, texnikasi va uni tashkil etish boʻyicha, shuningdek, turli malakadagi mutaxassislarga moʻljallangan ijtimoiy amaliyotning boshqa sohalari boʻyicha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron oʻquv adabiyoti.