Biror bir fanni AKT orqali oʻqitishda qanday taʼsir etish bosqichlarini tavsiflashda ishlatiladi.
Oʻquv kontentini boshqa taʼlimni boshqarish tizimlariga eksport va import qilishga moʻljallangan standartlar to‘plami. SCORM o‘quv materiallarini modul tarzda yaratishga imkon beradi, bu esa o‘qitish jarayonini samarali boshqarish va turli ta’lim platformalarida ular orasida moslikni ta’minlashga yordam beradi.
Masofaviy shaklda taʼlim xizmatlarini koʻrsatish jarayonida, ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmogʻi orqali real vaqt rejimida oʻzaro muloqot qilish usuli.
Funksional blokning, fikr-mulohaza, oʻqish-oʻrganish kabi odam intellekti bilan assotsiatsiyalanadigan funksiyalarni bajara olish qobiliyatiga ega boʻlgan texnologiya.
Biologik neyron tarmoqlarga oʻxshashlik asosida yaratilgan matematik modellar. U kirish va chiqish signallari orasidagi chiziqli boʻlmagan munosabatlarni modellashtirish va qayta ishlash imkonini beradi.