R A Q A M L I
T A L I M

Raqamli ta’limning izohli lug‘ati

Raqamli taʼlim (digital learning)

Anʼanaviy taʼlimning raqamlashtirilgan shakli boʻlib, mazkur taʼlim shaklida axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida raqamli taʼlim resurslaridan foydalangan holda taʼlim olishga yoʻnaltirilgan jarayon.

Raqamli taʼlim resursi

Elektron-raqamli shaklda taqdim etilgan va tuzilishi, mavzu mazmuni va ular haqidagi metamaʼlumotlarni oʻz ichiga olgan taʼlim resursi. Ushbu resurs oʻquv jarayonida foydalanish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va dasturiy taʼminotni oʻz ichiga olishi mumkin. Raqamli taʼlim resurslari - elektron resurslarning bir koʻrinishi boʻlib, unda maʼlumotlar gipermatn yoki raqamli kodlardan tashkil topganligi tushuniladi.

Rasmiy elektron oʻquv adabiyoti

Taʼlim muassasalari yoki jamoat tashkilotlari nomidan chop etiluvchi, tegishli taʼlim turlari uchun vakolatli Kengashlar tomonidan oʻquv adabiyotiga berilgan guvohnoma asosida nashr etilgan elektron oʻquv adabiyoti

Rasmiy elektron oʻquv adabiyoti

Taʼlim muassasalari yoki jamoat tashkilotlari nomidan chop etiluvchi, tegishli taʼlim turlari uchun vakolatli Kengashlar tomonidan oʻquv adabiyotiga berilgan guvohnoma asosida nashr etilgan elektron oʻquv adabiyoti.