taʼlim beruvchi va oluvchining muloqoti asinxron tarzda amalga oshiriladigan hamda oʻquv oʻzaro taʼsiri jarayonini nazarda tutadigan (elektron pochta, chat, forum va boshqalar) taʼlim jarayoni
Keng miqyosda masofadan onlayn taʼlim olish uchun moʻljallangan, Internet tarmogʻi orqali ommaviy ravishda foydalanish imkonini beruvchi oʻquv kursi.
Internet tarmogʻiga ulanish orqali soʻzlarning tarjimasi, maʼnolari yoki mazmun-mohiyatini qidiruvchi dasturiy taʼminot yoki elektron ilova koʻrinishidagi raqamli resurslar manbai.
Axborot va kommunikatsiya tarmoqlari, xususan, Internet tarmogʻidan foydalanish asosida tashkil etiladigan hamda ishtirokchilarning oʻzaro taʼsirini aniq vaqtdagi jarayonini nazarda tutadigan (vebinar, videokonferensiya, chat, telefon orqali muloqot va boshqalar) taʼlim jarayoni.