R A Q A M L I
T A L I M

Raqamli ta’limning izohli lug‘ati

Elektron uslubiy koʻrsatma

Muayyan fanning oʻquv dasturi boʻyicha kurs ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq va batafsil ifodalangan hamda ushbu fan boʻyicha taʼlim oluvchilarda zarur amaliy koʻnikmalar hosil qilishga moʻljallangan raqamli resurs.

Elektron uslubiy tavsiyalar

Taʼlim hamda tarbiyaning samarali usullarini amalda tatbiq etish boʻyicha qisqa va aniq bayon etilgan takliflar majmuidan iborat metodik elektron nashr.