R A Q A M L I
T A L I M

Raqamli ta’limning izohli lug‘ati

Masofaviy taʼlim

Taʼlim oluvchi va beruvchining AKTdan foydalanishiga, interaktiv audio va videokonferensiyalar orqali maʼlum vaqt orasida oʻzaro muloqotda boʻlishiga, elektron pochta orqali toʻgʻri va teskari aloqa oʻrnatishiga, jumladan xabarlarni yuborishi va qabul qilishiga moʻljallangan, bilim va koʻnikmalarni, oʻquv dasturlarini masofadan turib oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan taʼlim shakli.

Matnli (belgili) elektron oʻquv adabiyoti

Belgilari boʻyicha ishlov berishga yo‘l beruvchi shaklda taqdim etilgan, asosan matnli axborotdan iborat boʻlgan elektron oʻquv adabiyoti.

Matnli (belgili) elektron oʻquv adabiyoti

Belgilari boʻyicha ishlov berishga yo‘l beruvchi shaklda taqdim etilgan, asosan matnli axborotdan iborat boʻlgan elektron oʻquv adabiyoti.

Maʼlumotnoma elektron oʻquv adabiyoti

Elektron nashrlarni tez topish uchun qulay boʻlgan tartibda joylashtirilgan, boshdan-oyoq oʻqish uchun moʻljallanmagan ilmiy va amaliy xususiyatli qisqa maʼlumotlarga ega elektron nashr.

Mediataʼlim

Pedagogika nazariyasi va amaliyotida maxsus bilim sohasi sifatida qaralayotgan ommaviy kommunikatsiya vositalarini egallash uchun nazariy va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish tushuniladi.

Metamaʼlumotlar

Maʼlumotlar tarkibi, mazmuni, statusi, kelib chiqishi, joylashishi, sifati, chiqarish formatlari va shakllari, olish shartlari, sotib olish va foydalanish, maʼlumotlarga boʻlgan mualliflik, mulk va ular bilan chegaradosh huquqlar va boshqa tavsifnomalar toʻgʻrisidagi axborotga ega kataloglar, maʼlumotnomalar va reyestrlar tushuniladi.

Mobil taʼlim (mobile learning; m-learning)

Mobil qurilmalardan foydalanish asosida taʼlim oluvchining joylashuvi yoki joylashuvining oʻzgarishi bilan cheklanmagan holda tashkil etiladigan taʼlim jarayoni

Mualliflik vositalari (Authoring tools)

Foydalanuvchiga multimedia resurslaridan foydalangan holda taʼlim kontenti, oʻquv darsliklar va boshqa materiallarni yaratish imkoniyatini beradigan dasturlar.

Multimedia resursi

Vizual, interfaol, video va audio resurslarni oʻzida aks ettira oladigan dasturiy mahsulot. Ularga matn, rasm, grafika, audio, video, animatsiya va boshqalar kiradi.

Multimediali elektron oʻquv adabiyoti

Elektron oʻquv adabiyoti boʻlib, unda turli tabiatdagi axborotlar ishlab chiqaruvchi belgilab bergan masalalarni hal qilish uchun teng huquqli va oʻzaro bogʻliq ravishda mavjud bo‘ladi, shu bilan birga bu oʻzaro bogʻliqlik tegishli dasturiy vositalar bilan taʼminlangan.